29 dek 09:13
Yangiliklar
Venczyun - rapid yo'nalishida jahon chempioni, Tohirjonovada ham ijobiy natija!
King Salman World Rapid and Blitz Chess Championships musobaqasida 55 davlatdan 200 nafardan ziyod dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etyapti.
Kecha jahon chempionatida rapid, yani tezkor shaxmat bo'yicha bahslar yakunlandi. Xotin-qiz shaxmatchilar o'rtasidagi bahslarda xitoylik Czyuy Venczyun 11,5 ochko to'plab, jahon chempioniga aylandi. O'n bir ochkoga ega yana bir CHin yurti vakilasi Ley Tincze kumush, germaniyalik Elizabet Petc esa 10,5 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Jahon chempionatida ishtirok etgan yagona hamyurtimiz xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova 8,5 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Musobaqada 88-raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz uchun bu ijobiy natija. Gulruhbegim reytingda o'z hisobiga 111 punkt qo'shib qo'ydi.
Fikrlar