25 jan 15:29
Yangiliklar
SHaxmat
Venczyun uch haftalik kurashdan so'ng jahon tojini o'zida saqlab qoldi
Uch hafta davom etgan shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Unda amaldagi jahon chempioni xitoylik Czyuy Venczyun rossiyalik 21 yoshli davogar Aleksandra Goryachkinaga qarshi dona surdi. Tomonlar avvaliga Xitoyning SHanxay shahrida o'zaro oltita partiya o'ynashdi. SHaxmatchilar bittadan g'alaba va to'rtta durang natija qayd etishdi.
Keyin chempionlik uchun kurash Aleksandraning vatani Vladivostokda davom etdi. Javob uchrashuvida ham SHanxaydagi holat takrorlandi. Hal qiluvchi tay-breykda esa CHin yurti vakilasi to'rtta partiyadan bittasida g'alaba qozondi. Qolgan uchta partiyada g'olib aniqlanmadi va shu tariqa Czyuy chempionik unvonini himoya qildi.
Czyuy Venczyun (Xitoy) - Aleksandra Goryachkina (Rossiya) 6:6 (tay-brekda 2,5:1,5)
Havola :
Manba : isport
Fikrlar