So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

05 iyu 07:24
Yangiliklar

Tadbirlar

Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri delegaciyamizni qabul qildi

Teglar :  MOQVengriya
O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Budapesht shahriga xizmat safari doirasida Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Siyarto Peter bilan uchrashuv o'tkazishdi.

Delegaciyamiz azolari janob Peterga Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirishga qaratilayotgan ulkan etibor haqida batafsil malumot berishdi. 

O'z navbatida, Siyarto Peter davlatimizga ko'p bora tashrif buyurgani, yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan xabardor ekanini takidladi.

Samimiy ruhda o'tgan tadbir davomida ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni sport kesimida yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, Vengriyada ishlab chiqariladigan eng sifatli sport inventarlari, sport sohasida ishlatiladigan farmakologik vositalar savdosini rivojlantirish mavzulari kun tartibining asosiy qismidan joy oldi. 

Uchrashuvda har ikki mamlakatning eng kuchli mutaxassislarini tajriba almashish uchun taklif qilish, turli terma jamoalarning o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish va ularga qulayliklar yaratish kabi masalalar batafsil ko'rib chiqildi. 

SHuningdek, delegaciyamiz vakillari suzish bo'yicha jahon chempionatini qabul qilayotgan “Duna” arenasiga tashrif buyurib, uning qurilish tarixi, imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Bu borada mezbonlar mutasaddilarimizga ushbu muhtasham obekt haqida batafsil malumot berib bordilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing