28 iyu 10:32
Yangiliklar
Futbol

Verner Xaykensning rekordini takrorladi
“RB Leypcig” jamoasi forvardi Timo Verner Bundesliganing navbatdagi turida safarda “Augsburg” darvozasini ikki marta aniq nishonga oldi.
Bu bilan hujumchi safar o'yinlarida jamoasi raqiblari darvozasini 17 marta ishg'ol etib, “Borussiya” (Myunxengladbax) jamoasining sobiq hujumchisi Yupp Xaykens tomonidan 1973/74 yilgi mavsumda o'rnatilgan rekordni takrorladi.
Malumot uchun, Verner yangi mavsumdan boshlab “CHelsi” sharafini himoya qiladi.
Havola :
Fikrlar