25 jan 15:02
Yangiliklar
Vensan Kompani: "Hamma Bundesligani oson deydi, lekin bugun bunday emasligini ko'rdik"
Bu myunxenliklar uchun joriy mavsumdagi ilk mag'lubiyat bo'ldi.
"Augsburg"ni tabriklayman. SHunday o'yinlar bo'ladiki, raqib juda yaxshi harakat qiladi. Hozir biz uchun tig'iz davr — 13 kun ichida 5 ta o'yin o'tkazdik. Tajribamdan bilamanki, bunday paytda har qanday natija bo'lishi mumkin.
Biz harakat qildik, ammo ikkinchi bo'limda kerakli energiyani ko'rsata olmadik. Bu esa raqibga xavfli vaziyatlar yaratish imkonini berdi. Biz bu erda ko'p marta g'alaba qozonganmiz, ammo bugun mag'lubiyatni tan olishimiz kerak. Muammo ishtiyoqda emas, shunchaki bazida o'yiningiz chiqmaydi.
Ko'pincha Bundesligani oson deb aytishadi, lekin biz buning aksi ekanligini o'z tajribamizda bilamiz. Hozir hamma narsani shubha ostiga qo'yish kerak emas — shunchaki bugun bizning kunimiz emasligini qabul qilishimiz lozim. Eng muhimi — bunga maydonda beradigan reakciyamiz. Nima qilish kerakligini yaxshi bilamiz", — dedi Kompani klub rasmiy saytiga.
Malumot uchun, "Bavariya" 19 ta o'yindan so'ng 50 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Augsburg" esa 19 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda.

Fikrlar