20 mar 08:25
Yangiliklar
Tennis

Vesnina 3 soat davom etgan bahsdan so'ng turnir g'olibasi bo'ldi
Rossiyalik tennischi Elena Vesnina AQSHning Indian-Uells shahrida yakunlangan turnir g'olibasiga aylandi.
Vesnina 3 soat davom etgan final uchrashuvida hamyurti Svetlana Kuznecovani 6:7, 7:5, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Mazkur turnir “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqalardan keyin turuvchi eng nufuzli turnir hisoblanadi.
Vesnina faoliyatidagi uchinchi sovrinini qo'lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Elenaga 1,175,505 AQSH dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi.
BNP Paribas Open. Indian-Uells, AQSH
Premier Mandatory
Sovrin jamg'armasi – 6 993 450 AQSH dollari
Ochiq xard kortlar
Final
Elena Vesnina (Rossiya) – Svetlana Kuznecova (Rossiya) - 6:7(6), 7:5, 6:4
Havola :
Fikrlar