25 iyu 14:20
Yangiliklar
Futbol

“Vest Xem” Lakazett uchun 51 million evro taklif qildi
Londonning “Vest Xem” klubi “Lion” hujumchisi Aleksandr Lakazettni o'z safiga qo'shib olish uchun astoydil harakat qilyapti.
Lakazett o'tgan yili Franciya chempionatida 33ta uchrashuvda maydonga tushib, 21ta gol kiritgandi. Bir muddat avval “Vest Xem” futbolchi uchun 40 mln. evro taklif qilgan va bunga rad javobini olgandi.
Endi London klubi rahbariyati transfer summasini 20 foizga oshirib, 51 million evroga ko'tardi. Hozircha “Lion” yangi taklifga munosabat bildirmadi.
Havola :
Fikrlar