08 fev 09:59
Yangiliklar
Xokkey
VIDEO: "Arlan"ga qarshi ilk safar o'yinining eng yaxshilari aniqlandi, "CHekker" o'zbek xokkeychisiga nasib etdi
"Arlan" - "Humo" uchinchi uchrashuvining eng yaxshisi aniqlandi.
Kecha Toshkentning "Humo" xokkey jamoasi Qozog'iston Pro-Ligasining 43-turi doirasida Kokshetau shahrining "Arlan" jamoasiga qarshi ilk safar o'yinini o'tkazib, 2:1 hisobida bullitlar seriyasida g'alaba qozongan edi. Ushbu uchrashuvda jamoani sardor sifatida muzga boshlab chiqqan Stanislav Tunxuzin o'yinning eng yaxshisi uchun beriladigan "Baxtiyor do'ppi" sohibiga aylandi.
Stanislav "Humo" jamoasi tarkibida shu kunga qadar 27 ta o'yinda muzga chiqib, 4 ta shayba kiritgan va 14 ta shaybaga assist vazifasini bajargan.
SHuningdek, "CHekker" unvonini o'zbekistonlik Daniel Kogan qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : youtube.com/humo_hockeyclub
Fikrlar