UCHrashuvning 25-daqiqasi davom etayotgan bir paytda mezbonlar bosh murabbiyi Eudjen Nyagoening ahvoli yomonlashadi va birozdan so'ng u zaxira o'rindig'ida xushini yo'qotdi.
Stadiondagi tez tibbiy yordam vakillari unga birinchi yordamni ko'rsatib, shifoxonaga olib ketishdi. Nyagoe tez yordam mashinasi ichida ko'zlarini ochgan va shifokorlar 51 yoshli mutaxassisga yurak xuruji tashxisini qo'yishgan.
Aytish joizki, bo'lib o'tgan ko'ngilsiz hodisaga qaramay bosh hakam o'yinni to'liq davom ettirdi.
TAS-IX emas
Fikrlar