07 apr 12:09
Yangiliklar
SHaxmat
Vinsent Keymer chempion bo'lgan Grenke Freestyle Chess Open turnirida hamyurtlarimiz qanday natijalar qayd etishdi?
Germaniyaning Karlsrue shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 285 000 evroni tashkil qiluvchi nufuzli Grenke Chess Festival 2026 turniri yakuniga etdi.
Musobaqaning fristayl yo'nalishida germaniyalik Vinsent Keymer 7.5 ochko bilan g'alaba qozondi va 2027 yilgi FIDE Freestyle Jahon chempionatiga yo'llanma oldi.
Ikkinchi o'rin Franciya vakili Maksim Vashe-Lagravga nasib etgan bo'lsa, norvegiyalik Magnus Karlsen uchinchi bo'ldi. Magnus turnirni mag'lubiyatsiz o'tkazib, 7 ochko bilan uchinchi o'rinni egalladi.

Yurtdoshlarimizning natijalari:
7-o'rin — Nodirbek Abdusattorov — 7 ochko
11-o'rin — Nodirbek Yakubboev — 6.5 ochko
18-o'rin — SHamsiddin Vohidov — 6.5 ochko
80-o'rin — Afruza Hamdamova — 5 ochko.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar