30 iyu 09:55
Yangiliklar
Tennis

Vinus Uilyams urib yuborgan mashinadagi qariya vafot etdi
Amerikalik mashhur tennischi Vinus Uilyams urib yuborgan mashina ichidagi yo'lovchi voqeadan 14 kun o'tib, kasalxonada vafot etdi.
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning etti karra g'olibasi bo'lgan Uilyams 9 iyun kuni o'z mashinasida chorrahada turgan avtomobilga borib urilgan edi.
Buning natijasida avtomobildagi yo'lovchi 78 yoshli Jerom Barson gospitalga yotqizilgandi. Oradan 14 kun o'tib Barson kasalxonada joy berdi. Mashina boshqaruvida bo'lgan uning turmush o'rtog'iga esa jiddiy shikast etmadi.
Policiya bu holatda Vinus Uilyamsni aybdor deb topdi. Uning qon tahlili tekshirilganida alkogol va narkotik modda yo'qligi aniqlangan. Hozircha tennischiga nisbatan qanday jazo qo'llanishi malum emas.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar