10 apr 08:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Virjil Ortis: "Kanelo Krouford ustidan osongina g'alaba qozonadi"
Super yarimo'rta vazn toifasida WBC Interim chempioni Virjil Ortis mazkur vaznda WBA chempioni Terens Krouford hamda supero'rta vazn toifasida uchta kamar sohibi Saul Alvares o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Menimcha, Krouford bu jang uchun juda kichkinalik qiladi. Ha, men uning qanaqa vazndaligini ko'rdim. Og'irlikni oshirish va doimiy o'sha vaznga ega bo'lish ikki xil narsa. Agar Terens tabiiy yirik bo'lmagan odam bilan jang qilayotganida, tushunardim, lekin biz Kanelo haqida gapiryapmiz. Saul juda uzoq vaqtdan beri boks bilan shug'ullanadi.
O'ylaymanki, biz aniq uning g'alabasini ko'ramiz. Krouford boshqalar kabi kaltaklanadi", dedi Ortis.
Malumot uchun, Kanelo va Krouford o'rtasidagi jang sentyabr oyida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar