24 sen 14:15
Yangiliklar
Futbol

Vitaliy Mutko RFI prezidentligi uchun saylovda g'olib chiqdi
Rossiya futbol ittifoqining amaldagi prezidenti Vitaliy Mutko o'z lavozimida qoladigan bo'ldi.
Hozirgina yakuniga etgan prezidentlik saylovida Mutko katta farq bilan g'olib chiqdi. Ovoz berish yakuniga ko'ra, Vitaliy Mutko 266 ovoz (65,2 %), uning asosiy raqibi Valeriy Gazzaev esa 142 (34,8 %) ovoz to'plashga muvaffaq bo'ldi.
Mutko va Gazzaevdan tashqari, RFI prezidentligi uchun mamlakat futbol Premer-Ligasi rahbari Sergey Pryadkin hamda Milliy futbol ligasi boshlig'i Igor Efremov ham o'z nomzodlarini qo'yishgan edi. Lekin har ikki nomzod saylov boshlanishi oldidan Mutko foydasi uchun o'z nomzodlarini qaytarib olishdi. Endi Mutko yana to'rt yil davomida Rossiya futboliga rahbarlik qiladi.
Havola :
Fikrlar