27 apr 07:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko Formanning rekordini yangilash maqsadida ringga qaytishi mumkin
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko ringga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi.
46 yoshli sportchi kelgusida Jorj Formanning rekordini yangilash maqsadida faoliyatini qayta boshlashi mumkinligini aytdi. U 45 yoshida jahon chempioniga aylangan.
"Urushga qaramay, o'z hayotimiz haqida unutmasligimiz kerak. Sport esa hayotimning bir qismi.
Ringga qaytasizmi? Hozircha vada berolmayman, lekin kim biladi. Formanning rekordini yangilash imkoni menga har kuni turib, sport bilan shug'ullanishga turtki bo'ladi. Har kimning o'z motivaciyasi bor", - deya Klichkoning so'zlarini keltiradi Bild.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar