19 may 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko Jorj Formanning rekordini yangilamoqchi
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko shu vaznning sobiq mutlaq chempioni Jorj Formanning rekordini yangilash maqsadida boksga qaytmoqchiligini aytdi.
Bu haqda Vladimir Talk TVdagi ko'rsatuv paytida aytib o'tgan.
"Tayson Fyuridan ohirgi raqs bo'yicha fikrlarini so'rasam yaxshi bo'lar edi, deb o'ylayman. Ammo bunday qilmayman, chunki hayolim hozir boshqa o'ylar bilan band", - degan Klichko.
Vladimir Klichko faoliyati davomida 69 ta jang o'tkazib, ularning 64 tasida g'alaba qozongan, 3 tasida mag'lubiyatga uchragan. U WBO, IBF, IBO va WBA yo'nalishlari bo'yicha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan. 2017 yilda, Entoni Joshua bilan jangda nokautga uchraganidan so'ng, faoliyatini yakunlagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar