20 okt 15:35
Yangiliklar
Boshqalar
Vladimir Putin: "Rossiyaning 2018 yilgi Olimpiadada ishtirok etmasligi Olimpiya harakatiga jiddiy zarar bo'ladi"
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin agar Rossiya sportchilar 2018 yilda bo'lib o'tadigan Olimpiadada ishtirok etmasa, bu Olimpiya harakatiga zarar etkazishi mumkinligini aytib o'tdi.
"XOQqa bosim o'tkazilmoqda. Bida ularga nisbatan xech qanday shikoyatimiz yo'q. U erda aqlli odamlar o'tiribdi. Lekin, ular reklamachilar, telekanallar va boshqalarga bog'liq. Ularga Amerika tomonlardan belgi berilmoqda. Biz bu haqida bilamiz.
Ikkita variant bor: Rossiyani neytral bayroq ostida qo'yish yoki umuman Olimpiadaga qo'ymaslik.
Bular mamlakatni kamsitish hisoblanadi. Agar kimdir shu narsa orqali keyingi yildagi Prezidentlik saylov oldidan bo'ladigan kampaniyaga tasir qilmoqchi bo'lsa, xato qiladi. Buning samarasi teskari bo'ladi: Olimpiya harakatiga jiddiy zarar etadi", - deydi Rossiya rahbari.
Havola :
Manba : RNS
Fikrlar