So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

11 fev 20:08
Yangiliklar

Boshqalar

Vohada eng kuchli badmintonchilar saralandi + FOTO

Teglar :  BadmintonXorazm
Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining “Badminton markazi”da 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il va qizlar hamda kattalar o'rtasida Xorazm viloyati birinchiligi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining “Badminton markazi”da 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il va qizlar hamda kattalar o'rtasida Xorazm viloyati birinchiligi o'tkazildi.

Musobaqada Urganch shahri, Bog'ot, Hazorasp, Xonqa, Xiva, Yangiariq, Qo'shko'pir, Urganch va Yangibozor tumanlaridan kelgan 100 nafarga yaqin badminton ustasi yakkalik bahslarda kuch sinashdi.  

Quyidagi qatnashchilar o'zlarining yosh toifalari bo'yicha viloyat chempionligini qo'lga kiritishdi:

2009-2010 yillarda tug'ilgan  o'g'illar: 1-o'rin. Rahmatulla Rahmatullaev (SO'EAIBO'SM).

2009-2010 yillarda tug'ilgan  qizlar: 1-o'rin. Dilnura Quronboeva (Xonqa tumani).

Erkaklar: 1-o'rin. G'affor Jabborov (SO'EAIBO'SM).

Ayollar: 1-o'rin. Aziza Masharipova (SO'EAIBO'SM).

Umumjamoa hisobida  birinchi o'rinnni Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoasi egalladi. Ikkinchi o'rindan Urganch olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati sportchilari joy olgan bo'lsa, faxrli uchinchi o'rin Urganch davlat universiteti badmintonchilariga nasib etdi.

Birinchilikning yopilish marosimida qatnashgan Xorazm viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Nodira Jumaniyazova, O'zbekiston kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining Xorazm viloyati vakili SHokir Madaminov, O'zbekiston badminton federaciyasi viloyat bo'limi ijrochi direktori Sobirjon Asqarov, SO'EAIBO'SM direktori Jamoladdin Abdullaevlar g'olib va sovrindorlarni qutlashdi.  

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing