06 jan 09:06
Yangiliklar
Vohidov Angliyada sovrindor shaxmatchi bilan bir xil ochko to'pladi
Hastings International Chess Congress festivalining eng asosiy turnirida 24 davlatdan 84 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Ular orasida o'z mahoratini namoyish etgan hamyurtimiz Jahongir Vohidov 9 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'arib, yakunda 3-4 o'rinlarni bo'lishib oldi.
Uchinchi o'rinni egallagan hindistonlik Steyni ham Jahongir singari 6,5 ochko jamg'ardi. Faqat qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra hind shaxmatchisiga bronza medali nasib etdi. Samarqandlik xalqaro grossmeyster so'nggi turda aynan Steyni bilan durang qayd etdi.
Musobaqada 7tadan ochko to'plagan musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi hindistonlik Dip Sengupta xitoylik Yiping Lou birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etishdi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Sengupta turnir chempioni bo'ldi.
Fikrlar