04 jan 08:37
Yangiliklar
Vohidov Angliyadagi turnirda yakka peshqadam bo'lib oldi
Hastings International Chess Congress festivalining eng asosiy turnirida 24 davlatdan 84 nafar shaxmatchi ishtirok etyapti. Ular orasida hamyurtimiz Jahongir Vohidov (2500) ham bor. Masters turniri shveycarcha tizimda 9 partiyadan iborat bo'ladi.
Etiborlisi, samarqandlik xalqaro grossmeyster 7-turdan so'ng turnir jadvalida 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Vohidov 7ta uchrashuvdan 5tasida g'alaba qozonib, ikki partiyada durang natija qayd etgan.
Kecha o'tkazilgan 7-turda Jahongir oq donalarda o'ynab, angliyalik Daniel Gormalli (2477)ni mag'lubiyatga uchratdi. Hamyurtimiz turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan.
Bugun
Vohidov musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi hindistonlik Dip Sengupta (2586)ga
qarshi qora donalarda harakat qiladi. Sengupta 5 ochko bilan uchinchi o'rinni
egallab turibdi. Ikkinchi pog'onadan joy olgan xitoylik Yiping Lou (2462) hisobida 5,5
ochko bor.
Fikrlar