05 jan 08:12
Yangiliklar
Vohidovning Angliya turniridagi ilk mag'lubiyati
Hastings International Chess Congress festivalining eng asosiy turnirida 24 davlatdan 84 nafar shaxmatchi ishtirok etyapti. Ular orasida hamyurtimiz Jahongir Vohidov ham bor. Kecha o'tkazilgan 8-turda grossmeysterimiz ilk mag'lubiyatini qarshi oldi.
Samarqandlik xalqaro grossmeyster ushbu turda qora donalarda musobaqaning birinchi raqamli shaxmatchisi hindistonlik Dip Senguptaga qarshi o'ynab, ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hamyurtimiz turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan.
Bugun Jahongir Vohidov so'nggi 9-turda oq donalarda hindistonlik Steyniga qarshi dona suradi. Bugungi uchrashuv oldidan hamyurtimiz 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni band etgan. Ikkinchi pog'onadagi Sengupta hisobida ham 6 ochko bor. Olti yarim ochkoga ega xitoylik Yiping Lou musobaqa peshqadami bo'lib turibdi.
Fikrlar