15 fev 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"Volkanovskiga past baho bermayman, lekin men uni nokaut qilaman" - Topuriya
Iliya Topuriya Aleks Volkanovski bilan ehtimoliy revansh jangi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Revanshda Aleksni nokaut qilishimga yoki og'ritish usulida taslim etishimga ishonaman. Birinchi safar qilgan ishimni yana takrorlayman.
Ammo bu yigit bilan hazillashish mumkin emas, u afsona! Aleks biladigan yagona narsa - jang qilish. Demak unga past baho berib bo'lmaydi", - dedi Topuriya.
Eslatib o'tamiz, Topuriya 2024 yili o'tkazilgan jangda Aleks Volkanovskini nokaut qilgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar