12 avg 17:50
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Voronina ettikurashning ilk shartida marraga so'nggi o'rinda keldi
Braziliyada davom etayotgan Rio Olimpiadasining engil atletika bahslari boshlandi.
Sport malikasi bahslarida sportchilarimizning ishtirokini Ekaterina Voronina boshlab berdi. Etti kurashchimiz 31 nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning birinchi guruhida startga chiqdi.
100 metr masofaga to'siqlarosha yugurishda hamyurtimiz 15,21 soniya natija bilan so'nggi 7-o'rinni egalladi. Bu guruhda vengriyalik Georgi Farkash 13,79 soniya natija bilan birinchi o'rinni band etdi. Oldinda Voronina boshqa raqibalari singari yana 6ta shart bo'yicha bahslarda ishtirok etadi. Hozircha uning hisobida 814 ball bor.Endi Voronina ettikurashning ikkinchi bosqichi – balandlikka sakrash bahslarida o'z imkoniyatini sinab ko'radi. Hali ochkolar ishlab olish uchun imkoniyat bor. Ushbu bahslar Toshkent vaqti bilan soat 18:50 da boshlanishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar