31 okt 08:25
Yangiliklar

“Vorskla”dan ajoyib “kambek”, Tursunovda 90 daqiqa
Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan Poltavaning “Vorskla” klubi o'z maydonida “Aleksandriya” jamoasini qabul qilib, ajoyib “kambek”ni amalga oshirdi.
Uchrashuvning 1 va 21-daqiqalarida Yaremchuk poltavaliklar darvozasini ikki bor ishg'ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Lekin mezbonlar asosiy vaqtga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda ikkita to'p kiritib, mag'lubiyatni qutulib qolishdi.
Boshlang'ich tarkibda maydonga tushirilgan Sanjar Tursunov maydonda to'liq harakat qildi.
VORSKLA – ALEKSANDRIYA 2:2
Gollar: Kobaxidze, 90+1 (pen.), Odaryuk, 90+3 – Yaremchuk, 1, 21
“Vorskla”: Nepogodov – Perduta (Zagorulko, 44), Dityatev, CHesnakov, Siminin – Sklyar, Golodyuk – SANJAR TURSUNOV, Kobaxidze, Rebenok – Xlebas (Odaryuk, 70)
“Aleksandriya”: Levanidov – Mikicey, Basov, SHendrik, Curikov – Kozak (Jichikov, 89), Ogirya, Zaporojan, Leonov (CHorniy, 76) – Yaremchuk (Starenkiy, 64) – Ponomar
Ogohlantirishlar: CHesnakov, Dityatev – Kozak, Ponomar, CHorniy, Basov
Fikrlar