28 jan 09:49
Yangiliklar
Tennis

Voznyacki 6 yillik tanaffusdan yana dunyoning birinchi raketkasiga aylanadi
Australian Open-2018 turniri g'olibasiga aylangan Karolin Voznyacki 6 yillik tanaffusdan so'ng yana dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylanadi.
Ertaga elon qilinadigan reytingda daniyalik tennis malikasi birinchi o'ringa ko'tarilib oladi. Karolin Australian Open finalida hozirda birinchi o'rinda borayotgan ruminiyalik Simona Xalepni mag'lubiyatga uchratgandi.
Voznyacki yangi reytingda 7965, Xalep esa 7715 ochkoga ega bo'ladi. Bundan 6 yil avval, aniqrog'i 2012 yilda Voznyacki dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan edi. O'sha yilning yanvar oyi oxirlarida belaruslik Viktoriya Azarenko Karolindan peshqadamlikni tortib olgandi.
Havola :
Fikrlar