25 okt 07:19
Yangiliklar
"VTB Kreml Kubogi" yana Moskvada qoldi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 22-raketkasi bo'lib turgan mezbonlar vakili Aslan Karacev ATP reytingida 41-pog'onada borayotgan xorvatiyalik Marin CHilichga qarshi kortga chiqdi va 6/2, 6/4 hisoblarida g'alaba qozondi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati esa tiklandi - 1:1.
O'z vatanidagi muvaffaqiyatli ishtirok Karacevga 68,380 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosi keltirdi. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi sovrin bo'ldi. Tajribali CHilich esa bir haftalik mehnatidan 49,025 dollar hamda 150 ochko ishlab oldi.
Etiborlisi, qatorasiga uchinchi mavsum ham "VTB Kreml Kubogi"da rossiyalik tennischi zafar quchmoqda. 2018 yil Karen Xachanov, 2019 yilda Andrey Rublyov bosh sovrin sohibiga aylangandi. 2020 yilda esa pandemiya sabab turnir o'tkazilmagan edi.
Moskvadagi sovrin evaziga Karacev bugun elon qilinadigan ATP reytingida 18-o'ringa ko'tarilib oladi. CHilich esa 35-pog'onadan joy oladi. Aslanning faoliyatida ishlab topgan mablag'i 2 million 269 ming 190 dollarga etdi. 33 yoshli Marin CHilich turniri tarixidagi eng keksa finalchiga aylandi.
Fikrlar