09 noy 10:44
Yangiliklar
Xokkey
VXL. Bugun "Humo" Rossiyada navbatdagi o'yinini o'tkazadi
Toshkentning "Humo" jamoasi bugun VXL doirasida navbatdagi o'yinini o'tkazadi.
Bu safar xokkeychilarimiz Tolyattining "Lada" jamoasi mehmoni bo'lishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Taqqoslash uchun, "Humo" ayni paytda VXLda 20 ta o'yindan so'ng 21 ochko jamg'argan holda 25-o'rinni egallab turibdi. "Lada" esa 23 ta o'yindan keyin 34 ochko to'plagan va jadvalning 6-o'rnidan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar