28 avg 20:01
Yangiliklar
Tennis
W25 Almaty. Nigina Abduraimova juftlikda bosh sovrinni qo'lga kiritdi. U yana bir bor Sabina SHaripovani mag'lubiyatga uchratdi
Bugun Qozog'istonning Almati shahrida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning juftlik bahslari o'z yakuniga etdi.
Etiborlisi musobaqa finalida ikki tennischi qizimiz bir-biriga qarshi to'qnash keldi. Nigina Abduraimova rossiyalik Darya Mishina bilan tandem hosil qilgan holda ishtirok etgan bo'lsa, Sabina SHaripova niderlandiyalik Stefani Vissxer bilan juftlikda final bahsida kortga chiqdi.
1 coatu 28 daqiqa davom etgan uchrashuvda 3-raqam ostida saralangan Abduraimova/ Mishina juftligi 2-raqamda saralangan SHaripova/ Vissxer tandemini 4/6, 6/4, 10/3 hisobida mag'lubiyatga uchratib, musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar