21 sen 12:39
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				
				
			
				WADA Rossiya antidoping agentligi maqomini tiklaydi, lekin...
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ijroiya qo'mitasi Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) maqomini qayta tiklash uchun ovoz berdi. 
			WADA ijroiya qo'mitasi RUSADAni Butunjahon antidoping kodeksi talablariga javob berishini tasdiqlagan. Ijroiya qo'mitaning 9 nafar azosi Rossiya foydasiga ovoz bergan. Ikki nafari qarshi, yana biri betaraf bo'lgan.
Lekin RUSADA tashkilotining maqomi bekor qilinishi ham mumkin. Bunday bo'lmasligi uchun Rossiya tomoni yil so'nggiga qadar WADA tashkilotiga Moskva antidoping laboratoriyasi tahlillarini tekshirish uchun sharoit yaratib berishi kerak. Aks holda RUSADAga nisbatan yana chora ko'riladi.

            Havola            :         
                    Manba                : isport.ua
            
			
Fikrlar