18 apr 21:42
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Gran-prisi. Bokschilarimizda bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisi boshlangani haqida xabar qilgandik.
Bugun musobaqa doirasida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi. Mujibillo Tursunov JAR vakili Maykl Adesodunga qarshi ringga ko'tarildi va 6 raundlik jangda ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
SHuningdek yana bir yurtdoshimiz - Kamronbek Eshmatov ham bugun ringga ko'tarildi. U ham 6 raundlik jang o'tkazdi va afsuski ukrainalik Danilo Lozanga imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar