13 jan 13:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamronbek Ortiqovning AQSHdagi ilk jangi sanasi, manzili va raqibi malum (POSTER)
Xabar berganimizdek, o'zbekistonlik 24 yoshli aralash yakkakurash ustasi Kamronbek Ortiqov (7-1-0) hozirda Amerika Qo'shma SHtatlarida bo'lib turibdi.
Hamyurtimizning okean ortidagi ilk jangi bo'yicha tafsilotlar elon qilindi.
Kamronbek Toshkent vaqti bilan 13 fevral tongida AQSHning Kaliforniya shtati, Kosta-Mesa shahrida tashkil etiladigan aralash yakka kurashlar bo'yicha Fight Club OC turnirida ishtirok etadi. O'sha kuni unga gruziyalik Nika Sabanashvilis (2-1-1) raqib bo'ladi.
Jang MMA qoidalari asosida 3 raund etib belgilangan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar