01 apr 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC prezidenti Bivol va Benavides jangi bo'yicha muzokaralar haqida gapirdi
Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman yarim og'ir vazn jangchilari Dmitriy Bivol va Devid Benavides jamoalari o'rtasidagi jang muzokaralari haqida fikr bildirdi.
"Jang muzokaralar bosqichida, agar kelishuvga erishilmasa, 8 aprelda promouterlik savdosi bo'lib o'tadi. Qandaydir izoh berishdan oldin jarayon yakuniga etishi kerak.
Bivol — Benavides jangi ajoyib to'qnashuv bo'ladi. Benavides ancha vaqtdan beri ushbu divizionda rasmiy davogar sifatida elon qilingan, Bivolga esa o'tgan jangidan ko'ra uch barobar pul taklif qilingan", - dedi Suleyman «Match TV» nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : МатчТВ
Fikrlar