So’nggi yangiliklar

16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0 09:33UFC 333 турнирининг тўлиқ карди: Волкановски – Евлоев, Ян – Двалишвили, Темиров – Кавана 0 08:48Хргович Дюбуа билан IBF ва WBO камарларини бирлаштирмоқчи 0 08:07Баҳодир Жалолов ўзининг энг яхши боксчилар учлигини санади 0 20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0

04 iyu 05:38
Yangiliklar

Boks/MMA

WBC reytingi. Azizbek 2, Qudratillo 6, Isroil 26 va boshqa bokschilarimizning o'rni

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) iyul oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo'lqop ustasi reytingini elon qiladi. 

Kuni kecha elon qilingan reytingdan 7 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan. 

Birinchi o'ta engil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Do'smatov 31-pog'onaga joylashdi.

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,50 kg) faoliyatini davom ettirayotgan SHohjahon Ergashev WBC reytingida 32-pog'onadan joy olgan. Yana bir charm qo'lqop ustamiz Anvar Turopov esa 40-pog'onaga joylashgan. 

Yarimo'rta vazn toifasida janglarda ishtirok etadigan Qudratillo Abduqahhorov (-66,67 kg) sakkizinchi o'rindan oltinchi o'ringan ko'tarilgan.

Birinchi o'rta vazn toifasida (-69,8 kg) WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan charm qo'lqop ustamiz Isroil Madrimov yangilagan reytingning 26-pog'onasidan joy olgan. 

Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug'ofurov (-76,2 kg) esa ikkinchi o'rinda qolgan. Eslatib o'tamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur vaznda shuningdek Bektemir Meliqo'ziev 38-pog'onaga joylashgan.

Superog'ir vazn toifasida Bahodir Jalolov esa TOP-40ni tark etgan. U avvalroq Olamsport.com saytiga bergan intervyusida hozircha prof boksda jang o'tkazmasligini, asosiy etiborini Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokka qaratishini malum qilgandi. Professional ringda jang o'tkazmaganligi sabab Jalolov ushbu reytingni tark etgan. 

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin WBA reytingi ham elon qilingandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing