25 iyu 13:31
Yangiliklar
Boks/MMA
WBO rossiyalik bokschilardan sankciyani olib tashladi
Butunjahon boks tashkloti (WBO) rossiyalik bokschilarga qo'yilgan taqiqni olib tashladi.
Bu haqda TASS axborot agentligi WBO matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi. Buning natijasida Rossiya Federaciyasi bokschilari tashkilot reytingiga qaytadi. Ular bu imkoniyatdan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida mahrum etilgandi.
Malumot uchun, yarimog'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni rossiyalik Artur Beterbiev hisoblanadi. U 12 oktyabr kuni hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqishi kerak. Ushbu anchadan beri kutilayotgan jangning Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkazilishi kutilmoqda.
Avvalroq, Xalqaro boks federaciyasi (IBF) ham rossiyalik bokschilardan sankciyani olib tashlagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar