So’nggi yangiliklar

18:24FIFA Series турнири олдидан Венесуэлада йўқотиш 0 18:01"Агар UFC Жон Жонсни ҳурмат қилмаса, умуман кимни ҳурмат қилади?" - Фрэнсис Нганну 0 17:44Александр Усик: "Жошуа 2027 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлади" 0 17:25Боксчиларимизнинг катталар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиби маълум бўлди 0 17:17Эдди Хирн Жошуа — Уайт жанг ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0 14:25Синхрон сузувчиларимиз Париж Жаҳон кубогида қатнашади 0 14:01"Мени яхши кўрасизми ёки йўқ - барибир UFC чемпиони бўламан!" - Евлоев 0 13:40"У АПЛдаги энг яхши ҳимоячилардан бирига айланмоқда": Британия нашри Ҳусановнинг ўйинини юқори баҳолади 0

30 apr 10:43
Yangiliklar

Engil atletika

World Athletics sportchilarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasini tasis etdi

Teglar :  Engil atletika
Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi (World Athletics) koronavirus pandemiyasi sababli jamg'arma tasis etganligini elon qildi.

Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi (World Athletics) koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy inqiroz sharoitlarida sportchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 500 ming dollar miqdorida jamg'arma tasis etganligini elon qildi.

“Jamg'arma orqali xalqaro musobaqalar bekor qilinishi tufayli daromadlarining salmoqli qismini yo'qotgan engil atletikachi sportchilarga ikki yil davomida yordam ko'rsatiladi”, – dedi tashkilot rahbari Sebastyan Koe.

Jamg'arma uchun mablag'ni uning faxriy raisi bo'lgan Monako knyazi Alber II ajratdi. Jamg'armadan yordam puli olish uchun sportchi mintaqalararo ekspert guruhiga ko'rib chiqish uchun tegishli buyurtma berishi kerak.

“SHu yil oxirigacha birorta musobaqa o'tkazishga umid qilmoqdamiz. SHunga qaramasdan iloji boricha ko'proq sportchilarga yordam ko'rsatishga harakat qilamiz”, – dedi Sebastyan Koe.

Ilgari Evropa engil atletika federaciyasi koronavirus pandemiyasi sababli Evropa chempionatini bekor qilinganini aytib o'tgan. Bu musobaqa 26-30 avgustda Parijdagi “SHarletti” stadionida o'tkazilishi mo'ljallangan edi. Eslatib o'tamiz, tashkilot Tokio Olimpiadasining surilishi sabab 2021 yilga mo'ljallangan jahon chempionatini 2022 yilga ko'chirgani haqida rasmiy malumot bergan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing