So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

16 iyu 08:36
Yangiliklar

SHaxmat

WR Chess jahon chempioni unvonini himoya qildi, O'zbekiston qanday natija qayd etdi?

Buyuk Britaniyaning London shahri mezbonlik qilgan rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jamoaviy Jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Umumiy mukofot jamg'armasi yarim million evroni tashkil qilgan va dunyoning 55 jamoasi ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkibda yurtimiz sharafini himoya qildi. Hamyurtlarimiz rapid bahslarida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ragina 4-o'rinni egallagandi. 

Kecha yakunlargan blic, yani tezkor shaxmat yo'nalishida ham shaxmatchilarimiz 4-o'rinni band etishdi. O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichidagi 12 ta uchrashuvning barida g'alaba qozonib, 24 ochko bilan S guruhi g'olibi sifatida pley-offga yo'l olgandi. 1/8 finalda D guruhida 4-o'rinni egallagan Qozog'istonning Barys.kz jamoasi ikki o'yin natijasiga ko'ra taslim etildi. CHorak finalda Nihal Sarin boshchilgidagi Isroilning Ashdod Elit Chess Club jamoasidan ustun (3:3, 5:1) keldik. 

Afsuski, 1/2 finalda ustunlikka ega bo'lsak-da, Aleksandr Grishuk boshchiligidagi Qozog'istonnig KazChess jamoasiga yutqazib qo'ydik. Birinchi bahsda 3:3 hisobidagi durang qayd etildi. Ikkinchi bahsda 4:2 hisobida qo'shnilarimiz zafar quchib, finalga yo'l olishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvda esa Levon Aronyan, Anish Giri, Vidit Gujrathi, amaldagi chempion Volodar Murzin singari taniqli grossmeysterlar jam bo'lgan Hexamind jamoasiga har ikki o'yinda ham 2,5:3,5 hisobida yutqazib, 4-o'rin bilan kifoyalandik. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi har ikki yo'nalishdagi jahon chempionatini 4-o'rinda yakunladi. Rapid bahslaridan 30 000, blic yo'nalishidagi ishtirokimizdan esa 50 000 evro, umumiy 80 000 evro mukofot puli ishlab oldik. Finalda KazChess jamoasini mag'lubiyatga uchratgan WR Chess Team jamoasi blic bo'yicha jahon chempionlik unvonini himoya qildi. 

G'olib va sovrindorlar hamda ularning tarkibi:

CHempion WR Chess Team — Nepomnyashhiy, Nakamura, Firuzdja, So, Vashe-Lagrav, Duda, Kostenyuk, Xou Ifan, Rozenshteyn 

Kumush medal KazChess — Grishuk, Rapport, Esipenko, Maqsudlu, Sadvakasov, Ansat, Kamalidenova, Ayten

Bronza medal Hexamind Chess Team — Aronyan, Murzin, Dominges, Giri, Vidit, Deshmux, Panarin, Muradyan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing