So’nggi yangiliklar

16:37Бекзод Қурбонов Жаҳон кубогининг финалига Америкада тайёрланмоқда 0 16:16Осиё чемпионатида яна икки йўқотиш. Маханов Оралбайга қарши жанг ўтказди 0 15:55"Барселона" Италия терма жамоаси футболчисини кузатмоқда 0 15:34Чарльз Оливейра: "Бу сафар Конорга ишонаман" 0 15:13Octagon League Одилхон ва Камил Каратэ ўртасидаги трилогияни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 14:52Камару Усман Исраэл Адесаньяга ишонади 0 14:31Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари: "Қўқон-1912" мураббийи, "Навбаҳор" ҳамда бир неча футболчига чора кўрилди 0 14:10Макгрегор бокс жанги ўтказди, унда иккита нокдаун қайд этилди (ВИДЕО) 0 13:49Grenke Chess Festival 2026. Икки Нодирбек ва Шамсиддинда юз фоизлик натижа 0 13:28Пакьяо Мейвезер билан реванш бўйича баёнотга жавоб қайтарди 0 13:07Пеп Гвардиола "У бутун АПЛнинг ҳақиқий афсонаси" 0 12:46Олимпиада чемпиони Аспиналл ва Ган билан рақобат қила олишини айтди 0 12:25Кроуфорд рингга қайтиш масаласи бўйича қатъий фикр билдирди 0 12:04"Номзодлар турнири". Синдаров кетма-кет учинчи марта турнинг энг яхши шахматчиси! 0 11:43"Манчестер Сити"нинг "Ливерпуль"га қарши учрашуви учун тахминий таркиби маълум 0

15 okt 11:13
Yangiliklar

SHaxmat

WR Chess Masters. Abdusattorovdan kambek, 1/4 finalda o'zbek derbisini ko'rmaymiz

Buyuk Britaniyaning London shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli turnir start oldi.

Mukofot jamg'armasi 58 000 evroni tashkil qiluvchi WR Chess Masters turnirida dunyoning kuchli 16 nafar grossmeysteri bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida yosh grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarovning ham borligi haqida xabar bergan edik.

Afsuski, Javohir Sindarov ilk davrada franciyalik Maksim Vashe-Lagravga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Asosiy ikki partiyada tomonlar murosaga kelishdi. G'olib nomini aniqlab bergan armageddon partiyasida esa francuz shaxmatchisining qo'li baland keldi. 

Nodirbek Abdusattorov esa turnirdagi yagona ayol shaxmatchi, SHveycariya sharafini himoya qilayotgan 12-Jahon chempioni Aleksandra Kostenyukka qarshi bahs olib bordi. Birinchi partiyada Nodirbek katta ustunlikka ega bo'lsa-da, yakunda yutqazib qo'ydi. Ikkinchi partiyada u xatosini to'g'riladi va g'alabaga erishdi. Bu juftlikda ham g'olib nomini qo'shimcha armageddon partiyasi aniqlab berdi. Unda qora donalarda durang qayd etgani uchun Abdusattorov 1/4 finalga chiqdi. 

Etiborlisi, agar Javohir Sindarov ham g'alaba qozonganida, biz musobaqaning 1/4 final bosqichida o'zbek derbisiga guvoh bo'lar edik. Bugun Nodirbek chorak finalda Javohir uchun ham revansh olishga urinib ko'radi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing