06 noy 12:45
Yangiliklar
Tennis

WTA Elite Trophy turnirida bugun g'oliba aniqlanadi
Bugun Xitoyning CHjuxay shahrida tennis bo'yicha WTA Elite Trophy turniri yakunlanadi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida ukrainalik Elina Svitolina chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqadi. Yarim final bahsida Elina turnirning birinchi raketkasi britaniyalik Yoanna Kontani 2:6, 6:1, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi yarim final uchrashuvida turnirning uchinchi raqamli ishtirokchisi chexiyalik Petra Kvitova mezbonlar vakilasi CHjan SHuaydan ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida ustun keldi.
YARIM FINAL:
Elina Svitolina (Ukraina, 4) – Yoanna Konta (Buyuk Britaniya, 1) – 2:6, 6:1, 6:4
Petra Kvitova (CHexiya, 3) – CHjan SHuay (Xitoy) – 6:2, 6:2
Havola :
Fikrlar