11 iyu 19:08
Yangiliklar
WTA reytingi. Kontaveyt ikkinchi, Sakkari uchinchi raketkaga aylandi. Nigina 7 pog'ona yuqoriladi
"Uimbldon" turniri yakunlariga ko'ra tuzib chiqilgan ushbu reytingda estoniyalik tennis malikasi Anett Kontaveyt uchinchi pog'onadan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Greciyalik Mariya Sakkari ham beshinchi pog'onadan uchinchi o'ringa ko'tarildi. "Uimbldon" turniri g'olibasi, qozog'istonlik Elena Ribakina 23-pog'onada o'zgarishsiz qoldi.
Aksincha, "Uimbldon" turniri finalchisi, tunislik Ons Jaber ikkinchi o'rindan beshinchi pog'onaga pastladi. Polshalik Iga Svyontek juda katta farq bilan hamon WTA reytingini boshqarib bormoqda. Top-10`dagi Daniel Kollinz, Jessika Pegula (ikkisi ham AQSH) va Garbin Mugurusa ham o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi. Britaniyalik tennis malikasi Emma Radukanu Top-10`ga qaytdi.
O'zbekistonning birinchi raqamli tennis malikasi Nigina Abduraimova 7 pog'onaga yuqorilab, ayni paytda 194-o'rinni egallab turibdi. Sabina SHaripova 6 pog'onaga pastlab, 653-o'ringa tushib ketdi. Akgul Amanmuradova 697-pog'onada qayd etilgan. Sevil Yo'ldosheva 36 pog'onaga yuqorilab, 1479-o'rinni band etgan.
WTA reytingi. 11 iyul kungi holat
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 8336 ochko
2. (3) Anett Kontaveyt (Estoniya) - 4326
3. (5) Mariya Sakkari (Greciya) - 4190
4. (4) Paula Badosa (Ispaniya) - 4030
5. (2) Ons Jaber (Tunis) - 4010
6. (6) Arina Sobolenko (Belarus) - 3267
7. (8) Daniel Kollinz (AQSH) - 3131
8. (9) Jessika Pegula (AQSH) - 3087
9. (10) Garbin Mugurusa (Ispaniya) - 2886
10. (11) Emma Radukanu (Buyuk Britaniya) - 2717...
Fikrlar