10 may 09:30
Yangiliklar
Tennis

WTA reytingida 166-o'rinda borayotgan Nigina 834-raketkaga yutqazdi
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Yaponiyaning Fukuoka shahri mezbonlik qilayotgan turnirdagi ishtirokini boshladi.
Mazkur musobaqaning mukofot jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz ushbu musobaqaning uchinchi raqamli tennischisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgandi.
Afsuski, tennischimiz kutilmaganda birinchi davrada avstraliyalik Monika Adamchakka yutqazib qo'ydi. Bir soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda Adamchak 3:6, 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Abduraimova WTA reytingida 166, Adamchak esa 834-pog'onadan joy olgan edi. Endi Nigina bor etiborini juftlikdagi ishtirokiga qaratadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar