23 mar 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA, Xokkey
Xabib Nurmagomedov Ovechkinning 1000-goliga munosabat bildirdi
UFC shon-shuhrat zalining 37 yoshli azosi, engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov "Vashington Kepitalz" sardorining yubiley goliga etibor qaratdi.
"Tabriklayman, Afsona! 1000 ta gol hazilakam narsa emas", - deb yozdi Xabib o'zining telegram-kanalida.
Ovechkin ushbu natijani NHL Muntazam chempionatida "Kolorado Evelansh"ga qarshi o'yinda (2:3 OT) qayd etdi. Uchrashuvning 55-daqiqasida rossiyalik afsona jamoasining ikkinchi golini urdi. Ushbu gol poytaxt jamoasining qo'shimcha bo'limlarga chiqib ketishiga va ochko jamg'arishiga yordam berdi. Ovechkin Muntazam chempionatning joriy mavsumida 71 ta o'yinda ishtirok etib, 26 ta gol va 27 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar