26 sen 20:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning jamoadoshi jang oldidan vazn tashlagani uchun hushidan ketib qoldi
UAE Warriors 13 turniri rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Islam Mamedovning sog'lig'i yomonlashdi.
U mazkur turnir doirasida koreyalik Kyun Po Kimga qarshi jang qilishi lozim edi. Uning sog'lig'i yomonlashganiga sabab sportchi tezkor ravishda vazn tashlashga uringan. Jang kecha Abu-Dabida o'tkazilishi lozim edi. Ammo ushbu voqeadan keyin bahs bekor bo'ldi.
Malumot uchun, Mamedov shu kungacha MMAda 20ta jang o'tkazgan va ularning 18 tasida g'alaba qozongan. SHuningdek bitta mag'lubiyat va durang ham qayd etgan. U Abdulmanap Nurmagomedovning shogirdi hisoblanadi va Xabib Nurmagomedov bilan birga mashg'ulotlar o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar