13 mar 15:35
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Hindiston turniri yakkaligida mag'lubiyatga uchradi
Hamyurtimiz Albina Xabibullina Hindistonning Gvalior shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirining asosiy to'riga yo'llanma olgan edi.
Ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Turnirning saralash bahslari orqali o'z ishtirokini boshlagan Xabibulina ikki uchrashuvda g'alaba qozonib, asosiy to'rga yo'llanma olgandi.
Bugun u asosiy to'rning ilk uchrashuvida musobaqaning beshinchi tartib raqamli tennischisi hisoblangan hindistonlik Karman Kaur Tandiga qarshi kortga chiqdi. Unda Tandi 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar