14 dek 08:04
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Hindiston turniridagi ishtirokini yakunladi
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Hindistonning Puna shahrida bo'lib o'tayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz juftlik bahslarining chorak final uchrashuvida kortga chiqdi. Ukrainalik Anastasiya Vasileva bilan juftlik hosil qilgan tennischimizturnirning ikkinchi saralangan tandemi – hindistonlik Ankita Rayna va britaniyalik Emili Smitga 2:6, 6:2, tay-brekda 5:10 hisobida yutqazdi.
Malumot uchun, Xabibulina va Vasileva ilk davrada hindistonlik
Mane hamda gongkonlik Vu juftligidan 6:1, 6:2 hisobida ustun kelgan edi. Albina
yakkalik bahslarida asosiy to'rga chiqa olmagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar