11 mar 14:12
Yangiliklar
Tennis

Xabibulina Hindistondagi turnirning asosiy to'riga chiqdi
Hamyurtimiz Albina Xabibullina Hindistonning Gvalior shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirida ishtirok etyapti.
Ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Xabibulina turnirning saralash bahslari orqali o'z ishtirokini boshladi va ikki uchrashuvda g'alaba qozonib, asosiy to'rga yo'llanma oldi.
Saralash turnirining birinchi raketkasi bo'lgan Albina avvaliga hindistonlik Tirtxa Iskani 6:3, 6:1, keyin esa yana bir kort egasi Alin Qamar Farxatni 6:1, 6:2 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar