06 dek 10:15
Yangiliklar
Tennis
Xabibulina Tunisdagi turnirning asosiy to'riga chiqdi, Kim esa yutqazdi
Bugun Tunisning Xammamet shahrida tennis bo'yicha ITF toifasidagi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada ikki tennischimiz - Yuliya Kim va Albina Xabibulina ham ishtirok etyapti.
Har ikki tennischimiz ham o'z ishtiroklarini saralash bahslaridan boshlashdi. Yuliya Kim saralashning ikkinchi raketkasiga imkoniyatni boy berib, asosiy to'rga chiqa olmadi.
Xabibulina esa Kimdan farqli ravishda asosiy to'rga yo'llanma oldi. Bugun u ilk davrada chexiyalik Monika Kilnarovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar