12 mar 08:48
Yangiliklar
Tennis

Xabibulinaning Hindiston turniridagi raqibasi malum
Hamyurtimiz Albina Xabibullina Hindistonning Gvalior shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirining asosiy to'riga yo'llanma oldi.
Ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Turnirning saralash bahslari orqali o'z ishtirokini boshlagan Xabibulina ikki uchrashuvda g'alaba qozonib, asosiy to'rga yo'llanma oldi.
Saralash turnirining birinchi raketkasi bo'lgan Albina avvaliga hindistonlik Tirtxa Iskani 6:3, 6:1, keyin esa yana bir kort egasi Alin Qamar Farxatni 6:1, 6:2 hisobida engdi.
Endi u asosiy to'rning ilk uchrashuvida musobaqaning beshinchi tartib raqamli tennischisi hindistonlik Karman Kaur Tandiga qarshi kortga chiqadi. Albina britaniyalik Freya Kristi bilan birga juftlik bahslarida ham ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar