14 fev 09:42
Yangiliklar
Tennis

Xalep Dohadagi turnirda 1/4 finalga chiqdi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi, ayni paytda reytingning uchinchi pog'onasidan joy olib turgan Simona Xalep Qatar turnirida ikkinchi g'alabasiga erishdi.
Ruminiyalik tennischi ikkinchi bosqich uchrashuvida ukrainalik Lesya Curenkodan ustun keldi. Bir soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda 6/2, 6/3 hisobi qayd etildi.
Etiborlisi, bu ikki tennischining o'zaro oltinchi uchrashuvi bo'lib, ularning barchasida Xalep g'alaba nashidasini surgan. Endi 27 yoshli Simona Qatar Total Open turnirining chorak finalida germaniyalik Yuliya Gyorgesga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar