17 fev 14:22
Yangiliklar
Tennis

Xalep Doxa turniridagi ishtirokini davom ettira olmaydi, Mugurusa kurashsiz finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha ushbu haftaga belgilangan eng nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 3 million 198 000 dollardan iborat Qatar Open turnirining chorak finalida dunyoning ikkinchi raketkasi Simona Xalep amerikalik Katrin Bellisni 6:0, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Lekin ruminiyalik tennischi bugungi yarim final uchrashuvi oldidan kortga chiqa olmasligini malum qildi. Xalep o'z qarorini jarohati bezovta qilib qolgani bilan izohladi. Buning natijasida ispaniyalik Garbine Mugurusa kurashsiz finalga chiqadigan bo'ldi.
Havola :
Fikrlar