25 may 12:00
Yangiliklar
Tennis

Xalep "Rolan Garros"ni g'alaba bilan boshladi
Parij shahrida "Rolan Garros" turnirining ilk davra o'yinlari yakuniga etib boryapti.
Jahonning 19-raketkasi, ruminiyalik Simona Xalep turnir startida WTA reytingida 165-o'rinni egallab turgan germaniyalik Nastasya SHunkni 6/4, 1/6, 6/4 hisobida mag'lub etdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Uchrashuv 1 soatu 48 daqiqa davom etgan. Bu vaqt davomida 30 yoshli Simona beshtadan eys va breyk amalga oshirib, to'pni o'yinga kiritishda ikki marta xatoga yo'l qo'ydi, 18 yoshli Nastasya esa to'rtta breyk qayd etib, to'rt bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Bu tennischilarlarning birinchi rasmiy uchrashuvi edi. Xalepning ikkinchi davradagi raqibasi xitoylik CHjen Czinven bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar