26 iyu 12:27
Yangiliklar

Xalep tushunarsiz holatda qoldi
Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennischisi Simona Xalep noqulay holatga tushib qoldi.
Gap shundaki, Italiya hukumati koronavirus xavfi ortib borayotgani sababli, Bolgariya va Ruminiyadan tashrif buyuruvchilarga ikki haftalik karantin holatini elon qildi. Ammo Xalep o'n kundan so'ng Palermodagi turnirda ishtirokini boshlashi lozim.
SHu sababli ham turnir tashkilotchilari Italiya sog'liqni saqlash vazirligidan Xalepga bu karantin cheklovini amalga oshirmasligini iltimos qilishgan, hozircha esa vazirlik aniq qarorga kelmadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar